Fanlardan o‘z vaqtida baho olmagan talabalar uchinchi semestr uchun qo‘shimcha mablag‘ to‘laydi. Bu haqda AOKAdagi matbuot anjumanida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Holiqov ma’lum qildi.
«Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini kredit-model tizimida tashkil etish ishlari 2020-21-o‘quv yilidan joriy etib kelinyapti.
Asosiy o‘zgarishlar — ilgari o‘quv haftalari 38-40 hafta atrofida bo‘lardi. Kredit-model tizimi joriy etilgach, bu muddat 36 haftaga tushdi. Soddaroq qilib aytganda, akademik dars jarayonlari 10 oydan 7,5-8 oyga tushirildi.
Talaba bir semestrda 15 hafta tahsil oladi. Agar bir semestrga 18 hafta ajratilgan bo‘lsa, uning ikki haftasi talabalar uchun o‘zlashtirilmagan fanlarini o‘zlashtirishga, yana bir haftasi yangi fanlar hamda o‘qituvchilarni tanlashga sarflanadi.
Yana bir muhim jihati — uchinchi, yozgi semestr ham qo‘shilgan. Bu — ta’til davriga to‘g‘ri keladi va talabalarning arizasiga ko‘ra, fanlardan baho olmaganlar uchun tashkil etiladi. Uchinchi semestr uchun ariza bergan talabalar belgilangan tartibda qo‘shimcha mablag‘ni amalga oshiradi.
Hozircha bu tizim bo‘yicha savollar bo‘lyapti, ammo uch yildan so‘ng barcha bu tizimga to‘liq moslashadi», — dedi Holiqov. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi