Bugun 1 fevraldan boshlab yo‘l xarakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdorlari 10 foizga oshdi.
Bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev oshirilgan jarimalar miqdorini o‘z kanalida e’lon qildi.
«Bizda jarimalar oyog‘i osmondan bo‘lib yotibdi. Masalan, jamiyat uchun katta xavfga ega va ko‘plab o‘limlarga sababchi bo‘ladigan qizil chiroqda o‘tishga 2 baravar (490 ming so‘m) jarima, hech kimga ruxsatsiz tonirovkaga esa 25 baravar (6 mln so‘mdan oshiq).
Yoki taqiqlangan joyda mashina to‘xtatganligi (noto‘g‘ri parkovka) uchun birinchi safar 3 baravar, bir yil ichida ikkinchi safar 5, uchinchi safar 10 va to‘rtinchi safardan keyin xuddi mast holda mashina boshqargan kabi 15 baravar (3 mln 675 ming so‘m) jarima qo‘yilgan.
Bunaqa jarimalarda na mantiq bor, na bir asos. Nasib qilsa, tez orada Parlamentda muhokama qilinayotgan qonun loyihasi imzolanib qolsa, ushbu mantiqsizliklarga chek qo‘yiladi, degan umiddamiz» - deya yozadi huquqshunos-bloger. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi