10:23 / 02.02.2021
2 764

Rustam Xolmatov yangi lavozimga tayinlanishi kutilmoqda

Rustam Xolmatov yangi lavozimga tayinlanishi kutilmoqda
O‘tgan haftada Prezident farmoniga muvofiq, Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov lavozimidan ozod etilgandi.

Aytishlaricha, Toshkent viloyatining sobiq hokimi Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi lavozimiga saylanishi mumkin ekan. Bugun kasaba uyushmalarining Plenum yig‘ilishida ushbu masala ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Xushnudbek.uz kanali xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, ishdan olingan vazirlardan biri kuni kecha rektor etib tayinlangandi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 yanvar kuni selektor yig‘ilishida kadrlar masalasida katta o‘zgarishlar bo‘lishini qayd etgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rustam Xolmatov yangi lavozimga tayinlanishi kutilmoqda