12:05 / 02.02.2021
2 013

MIB G‘ozg‘on shahar bo‘limi tomonidan joriy oyning o‘zida 6 ta oila yarashtirildi

MIB G‘ozg‘on shahar bo‘limi tomonidan joriy oyning o‘zida 6 ta oila yarashtirildi
Byuroning G‘ozg‘on shahar bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari natijasida joriy yilning yanvar oyi davomida jami 6 nafar sobiq er-xotinlar yarashtirilib, oilalar tiklanishi natijasida 10 nafar voyaga yetmagan farzandlar ham ota ham ona mehridan bahramand bo‘lishiga erishildi.

Xususan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Navbahor tumanlararo sudining 03.06.2015 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor S.Sh.dan undiruvchi H.H foydasiga ikki nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun har oylik ish haqi yoki boshqa daromadlarining 1/3 qism miqdorida aliment undirish belgilangan.

Ijro jarayonida davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan to‘g‘ri tushuntirish ishlari natijasida ushbu yosh oila yarashtirilib, ijro hujjati undiruvchiga qaytarildi.

Bunday toifadagi ijro hujjatlarining ijrosini ta’minlash uchun tuman byuro bo‘limida tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB G‘ozg‘on shahar bo‘limi tomonidan joriy oyning o‘zida 6 ta oila yarashtirildi