
Bojxona organlari xodimlari tovar-moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga qarshi muntazam tezkor tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.
Toshkent viloyati hamda Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmalari Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi, Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlarmi bilan xamkorlikda, Toshkent shahri Chilonzor tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Natijada, fuqaro T.I. boshqaruvidagi “Mersedes-Bens” rusumli avtoulov belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, avtomashinaga fuqaro M.A. tomonidan ortilgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 515,8 million so‘mlik, 9 xil turdagi jami 589 dona uyali aloka vositalari va 4 dona Mi Smart Band 5 nomli elektron qo‘l soatlari borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar