1 442
Rieltorlar uchun malaka imtihonini o‘tkazish va sertifikat berishning yangi tartibi belgilandi
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (my.gov.uz) yangi xizmat yo‘lga qo‘yildi. Qayd etilishicha, endilikda rieltorlarga malaka sertifikatlarini berish bo‘yicha davlat xizmati my.gov.uz portali hamda Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladi.
Rieltorlar malaka sertifikatini olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
- 3,5 x 4,5 hajmidagi elektron fotosurat;
- rieltorlarni tayyorlash markazlarida maxsus o‘quv kursini tugatganligi haqidagi sertifikat nusxasi.
Malaka sertifikatlarini berganlik bo‘yicha Bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
Malaka imtihoni sanasi, joyi haqidagi ma’lumotlar imtihondan 15 kun oldin, malaka imtihoniga qo‘yilgan talabgorlar ro‘yxati Davlat aktivlarini boshqarish agentligining rasmiy veb saytida imtihon sanasidan 5 kun oldin e’lon qilinadi.
Talabgor rieltor malaka sertifikatini olish uchun test topshiradi. Test 75 ta savoldan iborat bo‘lib, umumiy 45 daqiqa vaqt beriladi. Savollarning 70 foizdan kam bo‘lmagan qismiga to‘g‘ri javob berilsa, imtihondan o‘tgan hisoblanadi.
Talabgor malaka sertifikatini olish bo‘yicha imtihonni muvaffaqiyatli topshirsa, imtihon o‘tkazilgandan so‘ng ikki kun muddatda QR-kod qo‘yilgan malaka sertifikatini Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olishi mumkin.
Xizmatdan foydalanish uchun ushbu havolaga o‘ting: https://my.gov.uz/uz/service/381 “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi