14:38 / 05.02.2021
2 358

Lukashenko Shavkat Mirziyoyevning siyosati haqida: «U bilan O‘zbekistonning rejalari haqida gaplashganda, hatto ba’zida qo‘rqib ketaman»

Lukashenko Shavkat Mirziyoyevning siyosati haqida: «U bilan O‘zbekistonning rejalari haqida gaplashganda, hatto ba’zida qo‘rqib ketaman»
Foto: Belarus prezidenti matbuot xizmati
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirishda sezilarli yutuqlarga erishilganini qayd etdi. Bu haqda u 4 fevral kuni mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan O‘zbekiston elchisi Nosirjon Yusupov bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deb xabar beradi Belarus prezidenti matbuot xizmati.

Aleksandr Lukashenko diplomatning ikki mamlakat munosabatlarini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasini alohida ta’kidlab o‘tgan. «Bizga juda yaqin, do‘stona mamlakatning elchisi sifatida qilgan barcha ishlaringiz uchun sizga minnatdorlik bildirmoqchiman», — degan u.

Lukashenko elchiga mustahkam sog‘liq va O‘zbekiston manfaati yo‘lidagi ishlarda keyingi ishlariga muvaffaqiyat tilagan.

«Bugungi kunda mamlakatlarimiz o‘rtasida amalga oshirilgan barcha ishlar, aloqalarni rivojlantirishda sezilarli yutuqlar, avvalambor, do‘stim Shavkat Miromonovich bilan bog‘liq. Aminmanki, u O‘zbekiston qadrlaydigan kishi. Uning mustaqil O‘zbekiston rivojlanishining ma’lum bir davridan keyin qilishni boshlagan ishlari ertaga ijobiy natija beradi», — degan u.

«O‘zbekistonning rejalari haqida gaplashishni boshlaganimda ba’zida qo‘rqib ketaman — u barcha narsaga qattiq yopishmadimikan. Ammo hozircha hammasi o‘xshayapti. Balki natijalar u qadar tez ketmayotgandir, chunki dunyoda qattiq raqobat hukmron, ko‘rib turganingizdek, dunyo aqldan ozdi. Ayniqsa, pandemiya va boshqa voqealar fonida. Bu mustaqil bo‘lish yo‘lida qiyin davrni boshidan kechirgan O‘zbekistonda o‘z aksini ko‘rsatmay qolmaydi. Shu sababli natijalarni hozir kutish kerak emas. Ammo ular o‘zi ko‘zga tashlana boshlaydi va bunga u sababchi. Barakalla, u barcha yo‘nalishda ishlashni boshladi. U aytganidek, boshqa yo‘l yo‘q, qo‘ldan boy berilgan barchasini tezda yengib o‘tish kerak», — deydi Aleksandr Lukashenko.

Belarus prezidenti hozirgi dunyodagi raqobat fonida O‘zbekiston singari 35 million aholisi bo‘lgan va diniy muammolarga duch keladigan mamlakat boshqa davlatlar, bu dunyoning qudratli davlatlari nazaridan chetda qolmasligi mumkinligiga e’tibor qaratgan.

«Ehtimol, hozircha uzoq yondashuvdir, lekin keyinchalik mamlakat ushbu muammolarga tobora yaqinlashib qoladi. Ammo aminmanki, prezidentingiz bilan muammolarni yengib o‘tasiz», — deya ta’kidlaydi Lukashenko.

Eslatib o‘tamiz, Nosirjon Yusupov 2018 yilning oktabr oyida O‘zbekistonning Belarusdagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Lukashenko Shavkat Mirziyoyevning siyosati haqida: «U bilan O‘zbekistonning rejalari haqida gaplashganda, hatto ba’zida qo‘rqib ketaman»