
Bojxona organlari tomonidan tovar moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga muntazam chora tadbirlar olib borilmoqda.
Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan “Toshkent-tovar” bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda“Chuqursoy texnik-idora” temir yo‘l chegara bojxona posti orqali Qo‘qon shahrida faoliyat yurituvchi ma’suliyati cheklangan jamiyat nomiga keltirilgan yuk konteyneri belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.
Natijada, yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilganidan ortiqcha bo‘lgan og‘irligi yarim tonnani tashkil etuvchi qiymati salkam 316 mln so‘mlik velosiped shinalari borligi aniqlandi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur tovarlarga 121 mln so‘mdan ortiq qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar