Foto: Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati
2021 yil 15 yanvar kuni Oltiariq tumani «Farovon» mahallasi hududida yashovchi T.B. IIBga murojaat qilib, unda 2020 yilning 25 dekabr kunidan 15 yanvar kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs yashash xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonasidagi sandiq ichida bo‘lgan 1.900 AQSh dollari va 3.000.000 so‘m pullarini yashirin ravishda o‘g‘irlaganligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandlari (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida mazkur jinoyatni jabrlanuvchi T.B.ning birga yashovchi o‘g‘li A.T. sodir etganligi aniqlanib, jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismiga qayta malakalanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qonunchilikka asosan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video)
Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi
Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi