23:53 / 07.02.2021
6 308

Maktab o‘quvchisi zino qildi... Aybdor faqat uning o‘zimi?

Maktab o‘quvchisi zino qildi... Aybdor faqat uning o‘zimi?
Keyingi vaqtlarda ommaviy axborot vositalarida tez-tez kollej, litsey va maktab o‘quvchi qizlarining homilador bo‘lib qolayotgani xabari berilyapti. Bugun ham Jizzaxda bir qizning, maktab o‘quvchisining homilador bo‘lib qolgani haqida xabar tarqaldi. Avvallari nikohsiz homilador bo‘lib qolish juda ham uyatli hisoblar va kamdan-kam holatda uchrab qolinar edi. Bu ish qilganlardan ko‘pchilik jirkanar, o‘zini qolib qochar, shu ishni qilgan odam boshqa joyga ko‘chib ketar edi.

Dinimizda zinoning hukmi juda og‘ir. Alloh taolo marhamat etgan: “Zinoga yaqinlashmangiz! Chunki u fahsh va yomon yo‘ldir”. (Isro, 32).

Zino eng qabih va yomon yo‘l. Zotan bunaqa insonlar sababli ommatan balolar keladi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Agar zino va ribo biron qavmda tarqalsa, ular o‘zlari uchun Allohning azobi kelishiga yo‘l qo‘yibdilar”, deb aytganlar.
Hokim rivoyati.


Ota-bobolarda bo‘lmagan kasalliklar zino yoyilganda tarqalar, o‘sha joylarga balolar yog‘iladi.
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sallallohu alayhi vasallam bizga yuzlanib dedilar: “Hoy muhojirlar! Biron qavm o‘rtasida fohishalik yoyilsa va ular buni oshkor qilish darajasiga yetsalar, albatta ularda vabo va ota-bobolarida bo‘lmagan kasalliklar tarqaydi…”.
Ibn Moja rivoyati.


Zinoning omillari ko‘p. Ayniqsa hozirgi vaqtda juda oson. Farzandlarimizni yaxshi ko‘ramiz. Ularga yaxshi rusumli telefonlar olib beramiz.
Ammo, o‘sha telefonlarni muntazam tekshirib turish lozim. Internetda manfaatli narsalar ko‘p bo‘lganidek, zino ham urchib yotipti. Qanchalab yoshlarimiz telegram va boshqalardagi behayo rasm va videolar ko‘rishga mubtalo bo‘lishgan.

Shuningdek, farzandlarmizga yoshligidan boshlab to‘g‘ri tarbiya berish, zino yo‘lining oxiri gunohlarga to‘la sharmandalik ekanini tushuntirish lozim. Maktabda o‘qigan vaqtimizda Odam anatomiyasi fani o‘tilardi.

Bu fan jinsiy a’zolar va jinsiy muomalotni o‘rgatar, sinfdagi o‘g‘il-qizlar bir-birlaridan uyalishar edi.Bun aqa tarbiyani o‘g‘ilga xos joyda biron yoshi kattaroq yaqini o‘rgatgani ma’qul. Qizlarga ham xos joyda o‘z yaqinlaridan yoshi kattaroqlar o‘rgatgani ma’qul. Bizni millatimizda bu masaladagi ochiq oydinlik va qizu o‘g‘illarga aralash dars o‘tilishi manfaatli bo‘lishi qiyin.

To‘g‘ri, hozirgi yoshlar telefon orqali hamma narsani bilib bo‘lgan, deyilishi mumkin. Mabodo shunday bo‘lsa-da, musulmonmiz, bu masalalarni o‘z millatimizga muvofiq parda bilan o‘rgatganimiz yaxshi.

Yana o‘sha maktab o‘quvchisiga qaytsak. Nega yosh qiz bunday gunoh ishga rozi bo‘ldi, nega uni bir musulmonman deb da’vo qilgan yigit yo‘ldan urdi? Ayb faqat shu ikkalovidami? Boshqalar-chi?!

Ular o‘qigan maktab, ustozlari va eng avvalo ota-onalar aybdor emasmi? Bizningcha, bolalarga yoshligidan halol-harom, gunoh tushunchalarini o‘rgatilsa, bu kabi ayanchli holat ro‘y bermas edi.

Farzandlarimizni zino kabi katta gunohlardan saqlash ota-onalar zimmasidagi lozim amal. Qolaversa, ularni imkon qadar tekshirib turish, mabodo yomon yo‘lga yurayotgan bo‘lsa chiroyli suratda qaytarish kerak.

Sunnatulloh Abdulbosit

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Maktab o‘quvchisi zino qildi... Aybdor faqat uning o‘zimi?