07:00 / 09.02.2021
2 009

Toshkentda 9 yoshli qizning telefonini tortib olgan tilanchilar: voqea qanday sodir bo‘lgan edi?

Toshkentda 9 yoshli qizning telefonini tortib olgan tilanchilar: voqea qanday sodir bo‘lgan edi?
Toshkentda 9 yoshli qizning telefonini tortib olib, hodisa joyidan qochib ketgan juftlik qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi. Qizchadan telefonini tortib olgan shaxslar tilanchilik bilan shug‘ullanishi aniqlangan. Tergov departamenti bo‘lib o‘tgan voqea yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berdi.

Aniqlanishicha, asli xorazmlik bo‘lgan tilanchilik bilan shug‘ullanuvchi ayolning ijtimoiy holati u qadar yomon emas. Turmush o‘rtog‘i ishli, o‘zi esa bu paytgacha turli umumiy ovqatlanish joylarida ofitsiantlik qilgan.

«Ko‘chada tilanchilik qilayotgan edik. Ulug‘bek parkidan (G‘ofur G‘ulom istirohat bog‘i) tushgandan so‘ng haykallarning to‘g‘risida bir qiz kelayotgan ekan. Mening sherigim Shahzod uni ko‘rsatib, qo‘lidagi telefonini olib qo‘yamiz, deb aytdi.

Xo‘p, deb shu qizchaning izidan ketdim. Izimdan yana bir sherigimni Shahzod yubordi. Temir yo‘lga yetganda qizchaning telefonini olib, orqamga qaramay yugurib ketdim. Xo‘jayinim bu ishdan bexabar. Qilgan ishimdan pushaymonman. Meni kechirishlarini so‘rayman
», – deydi Shohista.

Ma’lum bo‘lishicha, qizchadan tortib olingan qo‘l telefoni savdo markazlaridan birida 550 ming so‘mga sotilgan. Keyin jinoiy guruh o‘rtasida keng taqsimlangan.

Tilanchilarga bosh bo‘lib yurgan Shahzod ismli yigit esa bu ishdan yaqinlarining xabari yo‘q ekanini aytmoqda.
«Hay, endi bir bo‘lib qoldi-da. Uzr so‘raymiz», – deyish bilan kifoyalandi ayblanuvchi Shahzod.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ushbu moddaga ko‘ra, ayblanuvchi 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 9 yoshli qizning telefonini tortib olgan tilanchilar: voqea qanday sodir bo‘lgan edi?