Majburiy ijro byurosiga sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijrosini ta’minlash vazifasi yuklatilgan. Soha xodimlari o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarishda turli xil mazmundagi ijro hujjatlariga duch kelishi, tabiiy. Byuroning Qarshi tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan ana shunday sud hujjatlarining biri esa er-xotin o‘rtasida birgalikda olingan umumiy mulkning ajratilgan qismini undirish haqida edi.
Ma’lum bo‘lishicha, Qarshi tumanida yashovchi fuqaro Sh.E. va M.M. o‘rtasidagi nikoh rasman bekor bo‘lgan. Shundan so‘ng, fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudi 2020 yil 25 noyabr kuni fuqaro M.M.ning nikoh davrida orttirilgan uy-joyni bo‘lish haqidagi da’vosi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan fuqarolik ishini ko‘rib chiqdi. Unga ko‘ra qarzdor Sh.E.dan undiruvchi M.M. foydasiga jami 69 mln. 415 ming so‘m kompensatsiya va boshqa harajatlarni undirish belgilandi.
Bo‘lim xodimlari tomonidan ushbu sud hujjatining ijrosini ijobiy yakunlanib, er-xotin o‘rtasida olingan umumiy mulkning bo‘lingan qismini da’vogar M.M.ga to‘liq undirib berildi.
Farrux Nuraliyev
MIB Qarshi tuman bo‘lim davlat ijrochisi
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
MIB Qarshi tuman bo‘lim davlat ijrochisi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...
Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib"
Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi