3 062
"GAI" xodimi deputatga bir dunyo muammolarni aytib berdi — "kattalar"ni qonunda ko‘rsatilmagan qo‘shimcha topshiriqlari...
O‘sha deputat Rasul Kusherbayev edi. U bu haqida shunday deb yozadi: "Kecha yomg‘ir ostida xizmat qilayotgan yo‘l harakati inspektoriga duch keldim. O‘z o‘zidan undan ishlarning ahvoli va sharoitlar haqida so‘radim.
Bilasizmi, ismi sir qolishi sharti bilan boyaqish xodim bir dunyo muammolarini aytib berdi: og‘ir ish yuklamasi, ayrim «rezultat» uchun ishlar, «kattalar»ni qonunda ko‘rsatilmagan qo‘shimcha topshiriqlari va hokazo.
Eng asosiysi va norozilikning boshi — ularning hamon normal ish rejimiga rioya qilmagan holda majburiy ishlatilishga yo‘l qo‘yilayotgani. Ayrimlari hamon sutkalab uyiga borolmaydi.
Ular ham aslida kimningdir farzandi, otasi, akasi yo ukasi, ularda ham oila bor. Lekin haliyam jonsiz robotdek munosabat.
«Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonun talablaridagi mehnat muhofazasi masalalari hamon ichki ishlar tizimining o‘ziga tatbiq qilinmayotganligi achinarli hol. Aslida qonun talabini buzganlik uchun biz ichki ishlarga murojaat qilishimiz kerak. Biroq ularning o‘zlari o‘zlariga tegishli qonunlarga amal qilisha olmayapti.
Bu holatda kim kimga suyanadi? Savol hamon ochiq.
Og‘ir ish yuklamasi, charchoq asabbuzarlik va fuqarolar bilan munosabatda chegaradan chiqishga olib kelishi mumkin.
Kamiga eshitishimizcha, Toshkent viloyatidagi yo‘l harakati xodimlarini yana navbatdan tashqari attestatsiyada o‘tkazishmoqchi ekan. O‘zi o‘tgan yili shunday attestatsiya o‘tkazilib noqulay, nonormal ish rejimi sharoitida ishlashga chidab yurgan xodimlar orasidan 140 tachasi 6 oy muddatga qolib ketgan ekan. Prinsipning noyobligini qarang — sharoit yo‘q, biroq talablar bir dunyo. Attestatsiyada ham davriylik bo‘lishi kerak.
Biz IIV rahbariyatidan o‘z xodimlariga nisbatan mavjud qonun talablariga amal qilishlarini so‘rayotgan bir vaqtda, qonun talablariga amal qilmayotgan tizimning yuqori elitasi quyi xodimlarni qayta-qayta attestatsiyadan o‘tkazish bilan shug‘ullansa. Biroq bu bilan yuqoridagi qonun ishlab ham ketmayapti.
Balki attestatsiyani tizimning boshidan boshlasa adolatli bo‘lar. Masalan, tizim boshidagilarning «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonun talablaridan qanchalik xabardorligi va bunga tizimda qanchalik amal qilishayotganligi yuzasidan". “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda