
Bojxona organlari tomonidan giyohvand moddalarning noqonuniy aylanuviga qarshi kurashish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari xodimlari bilan hamkorlikda poytaxtimizning Bektemir tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tezkor tadbirda avvaldan kuzatuvga olingan fuqaro A.U. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtotrasport vositasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, ushbu transport vositasidagi plastmass idish va dori qutisida 286,24 gramm og‘irlikdagi “opiy” giyohvandlik vositasi mavjudligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar