Bojxona organlari tomonidan bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlash maqsadida turli nayranglar orqali tovar-moddiy boyliklarni mamlakatimimizga olib kirilishini oldini olish maqsadida qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Toshkent shahri bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari “Toshkent-tovar” hamda “Chuqursoy texnik-idora” bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda Namangan viloyatida faoliyat yurituvchi jamiyat nomiga xorijdan keltirilgan yuk konteynerini ko‘zdan kechirishdi.
Natijada, konteynerlarda hujjatlarda ko‘rsatilmagan, umumiy qiymati 593. mln so‘mlik 7 turdagi dori vositalari, tibbiyot buyumlari hamda xo‘jalik mollari borligi aniqlandi.
Navbatdagi holatda esa “Chuqursoy” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida “qizil “yo‘lakka yo‘naltirilgan tovarlar tegishli hujjatlar asosida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, bojxona yuk deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan 2 turdagi umumiy qiymati 710 mln. so‘mlik xo‘jalik tovarlari borligi aniqlandi.
Yana bir holatda esa, “Chuqursoy texnik idora” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan Andijon viloyatida faoliyat yurituvchi jamiyat nomiga keltirilgan yuk konteyneri bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, yo‘l yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 61 mln. so‘mlik turli tovarlar borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko: “Belarusga hujum Uchinchi jahon urushining boshlanishidir”
Olimlar Antarktida ustidagi ozon teshigining qisqarganini e’lon qildi
Isroil sobiq bosh vaziri Netanyaxuni G‘azodagi operatsiyani cho‘zishda aybladi
“Hizbulloh” Livandagi peyjer portlashlari tufayli Isroilni jazolash bilan tahdid qildi
AQSHda sherif sudyani otib o‘ldirdi
Ikki talaba Finlandiyadan orol sotib oldi. Bu AQSHdagi uydan arzonroqqa tushdi
Slovakiya o‘zbekistonliklarni ishga taklif qilyapti
O‘zbekiston Rossiyaning GLONASS tizimi signalidan foydalanishi mumkin