Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev 10 fevral kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Farg‘ona shahridagi «Shodiyona» mahallasiga tashirifi haqida so‘zlab, davlat organlari rahblarini 2021 yilgi Davlat dasturida belgilangan vazifalar bajarilmagan taqdirda ularni ishdan olish bo‘yicha ogohlantirdi, deb xabar beradi «Gazeta.uz».
«Farg‘onadan tushkun kayfiyatda qaytdim. U mahallada [“Shodiyona”] rahbar yo‘q, hokim yo‘q. Mahallaga kirasan, 80-yillardagiday… Ko‘chalarga, uylarga qarab bo‘lmaydi, 1 kvadrat metr ham obodonlashtirilmagan. U yerda rakovina turibdi, uning ostida piyola, uning tagida esa chiqindi», — deydi u.
«Milliy bankning Farg‘ona filialida 80 dan ortiq xodim ishlaydi, hokimiyatda 50 dan kam. Lekin bank xodimlari ikki baravar oylik oladi», — deya ta’kidlaydi davlat rahbari.
«Bizda nazorat qilish tizimi yo‘q. Bosh vazirga topshiriq. Har oy davlat dasturini bajarmagan rahbarlarni ishdan bo‘shatadi. Odamlar bizning qog‘ozbozligimizdan charchadi, ‘ura-ura’lardan charchadi…», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari bosh vazir vaziyatni tahlil qilib, kimni ishdan olish kerakligini, quyi pog‘onani qanday ishlashga majbur qilish kerakligini aytishini ta’kidlagan. «Biz Toshkent viloyati hokimini, sport vazirini ishdan oldik. Bu hali boshlanishi».
U rahbarlarning aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlashi lozimligini qayd etgan. «Nega Kudbiyev [Davlat soliq qo‘mitasi rahbari], Bobojonov [IIV rahbari] pastga tushmaydi. Nega sizlar Xudaybergenovga [Prezident maslahatchisi] o‘xshab qog‘ozda emas amalda natija ko‘rsatmaysizlar?», — deydi Prezident.
Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov va sport vaziri Dilmurod Nabiyevning ishdan olishini eslatib o‘tgan va bu «hali boshlanishi» ekanligi haqida ogohlantirgan.
Eslatib o‘tamiz, 5 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev kutilmaganda Farg‘ona shahridagi «Shodiyona» mahallasiga borib, mahalla oralab yurgani va aholi bilan uchrashgani to‘g‘risida xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi