14:19 / 11.02.2021
2 254

Bosh prokuratura O.Sattoriy ishi bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

Bosh prokuratura O.Sattoriy ishi bo‘yicha rasmiy bayonot berdi
Foto: Videolavhadan skrinshot
Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidanO.Sattoriyga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergov davomida sudning ajrimi bilan O.Sattoriyga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Bosh prokuratura holat bo‘yicha rasmiy bayonot berdi.

«Bugungi kunda tergov organiga 7 ta holat bo‘yicha O.Sattoriyning xatti-harakatlari ustidan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, hozirda ushbu holatlarga tergov yo‘li bilan oydinlik kiritilmoqda.

Jinoyat ishining qo‘zg‘atilishi qonuniyligi o‘rganilganda, viloyat IIB huzuridagi TB tomonidan qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlanmadi. Tergov ustidan Bosh prokuratura tomonidan nazorat o‘rnatilgan
», deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, tovlamachilikda ayblanayotgan surxondaryolik bloger Otabek Sattoriyning qamoqqa olinishi bo‘yicha jamoatchilik tomonidan xolis tekshiruv o‘tkazilishi talab qilinmoqda.

Jumladan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev Surxondaryoda hokimlarni tanqid qilib kelgan bloger Otabek Sattoriyning bozorda videoga olayotgan paytda ma’muriyatdagilar tomonidan telefoni sindirilgan va shu telefoni uchun yangisini olayotganda unga tovlamachilik aybi ilingani haqida xabar qoldirgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh prokuratura O.Sattoriy ishi bo‘yicha rasmiy bayonot berdi