Naqd xorijiy valyutalarni yurtimizdan noqonuniy olib chiqilishiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli tarzda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan Respublikamiz bojxona chegaralari orqali naqd xorijiy valyutalarning noqonuniy olib o‘tilishiga doir navbatdagi holat o‘z vaqtida fosh qilindi.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Navoiy” chegara bojxona posti orqali qo‘shni davlatga o‘tish uchun kirib kelgan fuqaro Q.I. boshqaruvidagi “Volvo” rusumli avtotransport vositasi o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Tekshiruv davomida avtomashinaning kabina qismidagi ovoz moslamalari orqasida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan 29 ming AQSH dollari qiymatidagi naqd xorijiy valyutalar borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi