Ko‘k choy tarkibidagi birikma saraton hujayralarining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladigan saratonga qarshi oqsilni barqarorlashtiradi. 12 fevral kuni AQSH va Xitoy biologlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari «Nature Communications» jurnalida chop etildi.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, ichimlik tarkibida kislorod metabolizmi yetkazgan zararni bartaraf etuvchi modda — tabiiy antioksidant epigallokatexin gallati (EGCG) mavjud.
Olimlar uning organizmdagi darajasini oshirib, saratonga qarshi p53 oqsil bilan bevosita aloqaga kirishishini aniqladilar.
«p53 molekulalari kabi EGCG ham nihoyatda qiziqarli. Saratonga chalingan bemorlarning yarmidan ko‘pida p53 mutatsiyasi qayd etilgan. EGCG esa butun dunyoga mashhur ichimlik bo‘lgan ko‘k choy tarkibidagi asosiy antioksidant hisoblanadi. Endi ular o‘rtasida ilgari noma’lum bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni topdik. Bizning ishimiz EGCG qanday qilib p53ning saratonga qarshi faolligini kuchaytirayotganini hamda EGCGga o‘xshash birikmalar bilan saratonga qarshi dorilarni yaratishga eshik ochishini izohlashga yordam beradi», — dedi tadqiqot rahbari, professor Vang Chunyu.
Olim ta’kidlaganidek, r53 saraton kasalligiga qarshi kurashish uchun eng muhim oqsil bo‘lishi mumkin. Mualliflarning qayd etishicha, ular birinchi bo‘lib ko‘k choyning saratonga qarshi ta’sirining molekular mexanizmini tushuntirishga muvaffaq bo‘lishdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan
UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi
Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi
Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi”