Toshkentdagi «Yalang‘och» va «Salar» temir yo‘l stansiyalari oralig‘ida o‘z joniga qasd qilishga uringan qiz o‘zini poyezd ostiga tashladi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qiz hozirda shifoxonada. Tergov organlari tomonidan mazkur holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, ma’lum qilinishicha, hozirda yana boshqa sodir bo‘lgan voqea yuzasidan mutasaddilar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 8 fevral kuni Toshkentning Yashnobod tumanida, tartibga solinmaydigan temir yo‘l kesishmalaridan birida teplovoz va Cobalt to‘qnashgan, oqibatda hech kim jabrlanmagan.
«Bunday holatlarning takrorlanishini hisobga olgan holda, shuni ma’lum qilamizki, tegishli tarkibiy tuzilmalar, tashkilotlar va joylardagi mutasaddilar tomonidan muntazam ravishda temir yo‘l yaqinida istiqomat qiluvchi aholi va transport vositalari egalari bilan temir yo‘lda xavfsizlikka rioya etish to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Profilaktik suhbatlar, qator uchrashuvlar, mavzu doirasida chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ayniqsa, bu borada maktab o‘quvchilari va o‘smirlar bilan ishlashga alohida e’tibor qaratilmoqda», — deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi