
Foto: Tergov departamenti
Qashqadaryo viloyatida 21 yoshli Shaxzod X. tanishi S. (qiz) bilan telefon orqali bo‘lgan so‘zlashuvlarini yozib olib, qarindoshlariga tarqatmaslik evaziga 1000 AQSH dollari miqdorida pul talab qiladi.
Bu haqda qizning onasi I.Q. Qarshi shahar IIO FMB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, yigitga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘raydi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Ushbu murojaati yuzasidan IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, 2021 yil 9 fevral kuni Shaxzod X. tovlamachilik yo‘li bilan I.Q.dan qizi S. bilan o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan so‘zlashuvlarni yaqin qarindoshlariga tarqatmaslik evaziga maxsus kimyoviy ishlov berilgan 1000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ushlanib, ushbu pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirilib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar