Foto: Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati
Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, majmuadagi qurilish-obodonlashtirish ishlari jarayonida Imom Buxoriy maqbarasi hozirgi ko‘rinishi saqlangan holda rekonstruksiya qilinadi.
Shu paytgacha maqbara ostidagi qabrni ziyorat qilish uchun yetarli sharoit mavjud emas edi. Yangi loyihada qabr atrofini kengaytirib ziyoratchilar uchun har tomonlama qulaylik yaratish ko‘zda tutilgan.
Sakkiz ming o‘rinli muhtasham masjid quriladi. Majmua atrofida to‘rtta ulkan minora qad rostlaydi. Zamonaviy mehmonxonalar, xalqaro andozalarga to‘la mos keladigan maishiy xizmat va sanitariya-gigiyena shoxobchalari quriladi.
Yana bir e’tiborli tomoni, majmuada qurilish-bunyodkorlik ishlari jarayonida bu yerdagi tarixiy buloq va bir necha yuz yillik chinor daraxtlariga ziyon yetkazilmaydi, deyiladi hokimlik xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi
Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi
Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari
Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?