22:30 / 17.02.2021
1 969

“Nasos” operatsiyasi fosh bo‘ldi

“Nasos” operatsiyasi fosh bo‘ldi
Bojxona organlari tomonidan tovarlarning tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklatura kodlarini noto‘g‘ri tasniflash orqali bojxona to‘lovlaridan qochishga urinishlar muntazam fosh etib borilmoqda.

Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Ark-buloq” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida Turkiya davlatidan keltirilgan 12 dona “nasos” tovarlari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, bojxona yuk deklaratsiyasiga muvofiq qiymati 1 mlrd. 20 mln. so‘mlik mazkur tovarlarning TIF TN kodlari noto‘g‘ri tasniflanganligi aniqlandi.

Natijada, 200 mln. 880 ming. so‘mlik bojxona to‘lovlarining davlat byudjetiga undirilmay qolishining oldi olindi. Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Nasos” operatsiyasi fosh bo‘ldi