15:35 / 18.02.2021
1 550

R.Kusherbayev: Oddiy fuqaro sifatida aytsam, "Mening fikrim" portalini ish berishiga ishonchim o‘lgan

R.Kusherbayev: Oddiy fuqaro sifatida aytsam, "Mening fikrim" portalini ish berishiga ishonchim o‘lgan
Deputat Rasul Kusherbayev "Mening fikrim" portali bo‘yicha ko‘p fikrlar bo‘layotgani haqida to‘xtalib o‘tdi.

«Ochig‘i, tanqidlarni inkor etish qiyin. Xatto men ham boshda Prezident tomonidan ushbu portalni tashkil etish haqida tashabbus ko‘rsatilganida ko‘p narsalarni umid qilganman.

Lekin bizda Prezidentning taklif va tashabbusini «qalpoq» qilib amalga oshirish amaliyoti zo‘r ishlamaydimi: buzma, desa buzishadi, tekshirma, desa tekshirishadi, tadbirkorni boshingda ko‘tar, desa uni boshiga chiqishadi. Shundanmi bu portal ham ko‘zga chiroyli ko‘rinadigan, quloqqa xush eshitiladigan bo‘ldi, lekin odamlarga foydasi...

Xullas deputat sifatida portalni tanqid qila olmayman, tilim boru haqqim yo‘q. Biroq oddiy fuqaro sifatida aytsam bu portalni ish berishiga ishonchim o‘lgan, uni borligi bugun esimga tushdi
» deb yozadi u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » R.Kusherbayev: Oddiy fuqaro sifatida aytsam, "Mening fikrim" portalini ish berishiga ishonchim o‘lgan