1 480
55 mln so‘m miqdorida qalbaki pullarni muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Foto: Toshkent viloyati IIB
Toshkent viloyatida 100 ming so‘mlik kupyuralarni tayyorlab, ularni muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, 2021 yilning 10 fevral kuni Toshkent viloyati IIBB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi hamda Toshkent tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida qiymati 55 millionga yaqin qalbaki 100 ming so‘mlik kupyuralarni muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxslar jinoyat ustida qo‘lga olingan.
Tafsilotlarga ko‘ra, Toshkent shahrida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan F.R. tanishlari 1997 yilda tug‘ilgan J.T. va A.A. bilan birgalikda noqonuniy ravishda qalbaki pullarni yasab, ularni muomalaga kirgizish maqsadida tayyorlaganida tezkor xodimlar tomonidan daliliy ashyolar bilan ushlangan.
Foto: Toshkent viloyati IIB
Tadbir davomida ushlangan shaxslardan 58 dona kesilgan, 490 dona qog‘ozda tayyorlanib, kesilmagan qalbaki 100 ming so‘mlik kupyuralar, rangli printer, 2 quti maxsus qog‘ozlar, pichoq va boshqa buyumlar daliliy ashyolar sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan Toshkent tumani IIB TB tomonidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi (ko‘p miqdorda qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
— Shukhrat (@bankir2102) February 24, 2021“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi