12:45 / 25.02.2021
1 438

Firibgarlik bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘yildi

Firibgarlik bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘yildi
DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Toshkent shahar boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent shahrida yashovchi fuqarolar “U.X.” va “X.M.”lar fuqaro “N.A.”ni “Milliy” (sobiq “Bunyodkor”) stadionining qo‘riqlash xizmatiga ishga kiritib qo‘yish evaziga, undan 1500 AQSH dollari olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Navoiy viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasining mas’ul xodimi “M.X.” tanishlari orqali fuqaro “S.O.”ni viloyat IIBga qarashli jazoni ijro etish muassasalaridan biriga ishga joylashtirib qo‘yishini aytib, xizmati evaziga undan 2000 AQSH dollari so‘raydi.
DXX Navoiy viloyati boshqarmasi, Departamentning hududiy boshqarmasi hamda viloyat IIB tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “M.X.” so‘ralgan puldan 10,5 mln. so‘mni olgan vaqtida ushlandi.

Navoiy viloyati Karmana tumani tibbiyot birlashmasi xodimi “J.N.” fuqaro “A.Ch.”ni mazkur birlashmaga ishga kirishida yordam berishini aytib, xizmati evaziga undan 4,5 mln. so‘m olgan vaqtida DXX va Departament tomonidan ushlandi.

Shuningdek, Karmana tumani mudofaa ishlari bo‘limi xodimi “N.A.” fuqaro “K.Z.”ga harbiy guvohnoma rasmiylashtirib berib, Navoiy shahridagi kafedan 1,1 mln. so‘m qarzi borligini aytadi va undan shu pullarni to‘lab qo‘yishini talab qiladi.

O‘z navbatida “K.Z.” ushbu holat bo‘yicha huquq-tartibot idoralariga murojaat qiladi. O‘tkazilgan tezkor tadbir doirasida “K.Z.” Navoiy shahridagi kafe ma’muriyatiga so‘ralgan qarzni to‘laganidan keyin, “N.A.” Departamentning hududiy boshqarmasiga chaqirtirilib, so‘rov suhbati o‘tkazilganda, u yuqoridagi holatni tan olib, aybiga iqrorligini bildirdi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Firibgarlik bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘yildi