Aholining dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojidan mo‘may daromad orttirib qolish maqsadida foydalanishga urinayotgan shaxslarning noqonuniy harakatlariga bojxonachilar tomonidan o‘z vaqtida chek qo‘yildi.
Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan poytaxtimizning Yashnobod tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tezkor tadbirda avvaldan kuzatuvga olingan fuqarolardan biri xorijda ishlab chiqarilgan, ammo sifatini va bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 1304 dona “Akvavit-D3” dori vositasini 3200 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.
Dorixonadan tashqari hududda noqonuniy realizatsiyadan to‘xtatib qolingan mazkur dori vositalarining umumiy qiymati salkam 56 mln. so‘mni tashkil qilmoqda. Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?