
Aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarga huquqiy yechim topishda sayyor qabullarning ahamiyati katta. Bu borada Byuroning Sirdaryo viloyati boshqarmasi rahbariyati tomonidan ham aniq chora-tadbirlar asosida Guliston shahar “Na’muna” mahallasida sayyor qabullar tashkil etildi, bu amaliyot ijobiy samaralarga omil bo‘lmoqda.

“Na’muna” mahallasining muammolarini o‘rganish maqsadida o‘tkazilgan sayyor qabulda 12 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Shundan, 2 ta murojaat qanoatlantirildi, 4 ta murojaat Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi ish yurituviga olinib, 6 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Muxtasar aytganda, bugun hech bir murojaat shunchaki qog‘ozlarda qolib ketmayapti. O‘tkazilayotgan sayyor qabullar muammolarni aniqlash, joyida hal qilish, ularni bartaraf etish maqsadlariga qaratilganligi bilan ham ahamiyatlidir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar