21:38 / 27.02.2021
2 425

Ijtimoiy tarmoqlarda farzandiga zulm qilayotgan ona videosi tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda farzandiga zulm qilayotgan ona videosi tarqaldi
Kadr: Videodan skrinshot
Ijtimoiy tarmoqlarda ona o‘z farzandini urib, unga zulm qilayotgani tasvirlangan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, mazkur holat Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan nazoratga olingan. Yunusobod tumani IIO FMB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv davomida videoda aks etgan fuqarolarning shaxsi aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, 35 yoshli Shahlo E. va 45 yoshli Zayniddin E. ajrashish yoqasidagi oila hisoblanadi. Shahlo E. muqaddam xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlarga murojaat qilgan va unga himoya orderi berilgan. Shuningdek, er-xotin o‘zaro janjali jarayonida 9 yoshli voyaga yetmagan farzandidan foydalanayotgani aniqlangan.

«Video 2020 yili tasvirga olingan, bir nechta videotasvirlardan montaj qilingan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan bola tahsil oladigan maktab o‘qituvchilari bilan o‘tkazilgan suhbat jarayonida, so‘nggi vaqtlarda bola xulqidagi o‘zgarishlar ularni tashvishga solayotgani ma’lum qilingan.

Bolaning ota-onasi bilan suhbat o‘tkazilgan. Bolaning o‘zi bilan psixologlar ishlamoqda
», — deyiladi xabarda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ijtimoiy tarmoqlarda farzandiga zulm qilayotgan ona videosi tarqaldi