Loyiha bilan fuqarolar yig‘inlarida tinchlik, osoyishtalik, xavfsizlikni ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar mulkiga bo‘lgan tajovuzlarning oldini olish maqsadida mahalla fuqarolik yig‘inlarida faoliyati tugatilgan “Jamoatchilik nazorati maskanlari”ni eksperiment tariqasida videokameralar o‘rnatish sharti bilan, tadbirkorlik sub’ektlariga ijaraga berib, ular negizida fuqarolar yig‘inlarining “Elektron kuzatuv maskan”larini tashkil etish nazarda tutilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Ichki ishlar vazirligi hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi bilan birgalikda fuqarolar yig‘inining “Jamoatchilik nazorati maskan”lari to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, binosi mahalla fuqarolar yig‘inlari balansiga olinadi va eksperiment tariqasida tadbirkorlik sub’ektlariga ijaraga berish orqali ular negizida “Elektron kuzatuv maskan”lari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Hujjatda ta’kidlanishicha, qaror loyihasining tasdiqlanishi mahallalarda huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida fuqarolar faolligini oshirish, hududda huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlarni tizimli tashkil etishga xizmat qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Ozish uchun qancha yugurish kerak?
Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi
Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli”
Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi