Foto: Videolavhadan skrinshot
Samarqand viloyati Ishtihon tumanida 28 fevral kuni qurut uchun tayyorlangan suzmani oyoq kiyimda qorayotgan ayol videosi tarqaldi. «Zamon» dasturi muxbiri mazkur holat yuzasidan surishtiruv o‘tkazib, voqeaga oydinlik kiritdi.
Ma’lum bo‘lishicha, qurut tayyorlayotgan fuqarolar tumandagi Kallaxosa qishlog‘i Dehqonobod mahallasidagi xonadonlarning birida uy sharoitida ishlaydi. Xonadon sohibasining so‘zlariga ko‘ra, sog‘ligi yomonligi tufayli chakkini qorishda qo‘l kuchi yetmagan. Xo‘jayini ham uyda emasligi sababli oyoq kiyim bilan qurut tayyorlagan.
Uning ta’kidlashicha, mazkur holatni qo‘shnisi tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqda e’lon qilgan. Video muallifi u tasvirlarni faqatgina o‘ziga qiziq tuyulgani uchun olgani, bundan yomon maqsad ko‘zlanmagani haqida aytib o‘tgan.
«Mahalla noziri bilan birgalikda holatni ko‘rdim. Kelin, bu videodagi sizlarmi dedim. Bo‘yniga oldi. Nima maqsadda qildingiz? Men sizlarga avval tushuntirgandim, deya ta’kidladim. U esa yaqinda farzandli bo‘lgani uchun kuchi yetmaganini aytdi. Bu bahona bo‘la olmaydi», — deydi mahalla raisi Shahobiddin Muhammadiyev.
Sanitariya-epidemiologiya boshqarmasi gigiyenik talablarga mos kelmaydigan sharoitda tayyorlangan qurutlarni yo‘q qilgani haqida ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?