2 014
Jizzaxda 3 nafar ayolni fohishalik qilish uchun Turkiyaga jo‘natayotgan 21 yoshli yigit qo‘lga olindi
Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida ayollarni fohishalik qilish uchun Turkiyaga yuborayotgan shaxs qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda Tergov departamenti.
Qayd etilishicha, 2021 yilning 26 fevral kuni 21 yoshli U.A., 18 yoshli G.B. va 30 yoshli I.B. (barchasi ayol) viloyat IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan.
Arizada ular A. ismli shaxs ularni Turkiya davlatiga haq evaziga fohishalik bilan shug‘ullanib, bir yilda uy, avtomashina olishlari mumkinligiga qiziqtirganini aytgan.
Qayd etilishicha, A. ismli shaxs ayollarga o‘zining hisobidan aviachiptalarni sotib olib, ularni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti orqali yuborish maqsadida yo‘lovchi taksida olib ketayotgan vaqtida Do‘stlik tumani «Manas» YHXB maskanida ushlangan.
Tekshiruv davomida uning yonidan ushbu fuqarolarga tegishli xorijga chiqish pasportlari, aviachipta hamda COVID-19 tibbiy ma’lumotnomalari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni 21 yoshli A.B. sodir etganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Do‘stlik tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan A.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksning 135-moddasi 2-qismi «b» bandi (ikki yoki undan ortiq shaxsni olish-sotish yoxud odamni undan foydalanish maqsadida yollash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Hozirda A.B. muqaddam ushbu turdagi jinoyatlarni sodir qilib, fuqarolarni chet elga shahvoniy niyatlarda yuborgan holatlari bor yoki yo‘qligini aniqlash maqsadida tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?