Dehqonobodda Shahrisabzdan kelayotgan yuk mashinasida yong‘in chiqdi

Dehqonobodda Shahrisabzdan kelayotgan yuk mashinasida yong‘in chiqdi
Foto: Dehqonobod tuman hokimligi
Dehqonobod tumanining «Bibiqorasoch» mahallasida Shahrisabz shahridan harakatlanib kelayotgan «KamAZ»da yong‘in chiqdi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati ma’lum qilgan.

Bugun, 4 mart kuni soat 15:45 da sodir bo‘lgan yong‘in qisqa fursatda tuman Favqulodda vaziyatlar xodimlari tomonidan o‘chirilgan. Yong‘indan hech kim jabrlanmagan.
Dehqonobodda Shahrisabzdan kelayotgan yuk mashinasida yong‘in chiqdi
Foto: Dehqonobod tuman hokimligi
Hokimlik axborot xizmatining ma’lum qilishicha, G‘uzor tumanida yashovchi fuqaro «KamAZ» yuk mashinasida Shahrisabz shahridan qadoqlangan ichimlik suvini Termiz shahriga olib ketayotgan bo‘lgan.
Dehqonobodda Shahrisabzdan kelayotgan yuk mashinasida yong‘in chiqdi
Foto: Dehqonobod tuman hokimligi
Dehqonobodda Shahrisabzdan kelayotgan yuk mashinasida yong‘in chiqdi
Foto: Dehqonobod tuman hokimligi
Ayni paytda yong‘inning kelib chiqish sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori o‘rganilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar