21:05 / 04.03.2021
1 574

Paxtachilik ota ikki farzandi uchun aliment o‘rniga uy hadya qildi

Paxtachilik ota ikki farzandi uchun aliment o‘rniga uy hadya qildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudi 2017 yil 14 iyunda qarzdor O.A.dan da’vogar X.E.ning foydasiga ikki farzandining moddiy ta’minoti uchun qarzdorning har oydagi daromadining uchdan bir yarmi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Paxtachi bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan qarzdorga kelib chiqishi mumkin bo‘lgan huquqiy oqibatlar tushuntirilganda qarzdor ota o‘z nomidagi uyini berish istagini bildirdi.

Natijada, sobiq turmush o‘rtoqlar o‘zaro kelishib, alimentchi ota Paxtachi tuman hududida joylashgan uyini sobiq turmush o‘rtog‘i nomiga rasmiylashtirib berdi va mazkur ijro hujjati tegishli tartibda tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Paxtachilik ota ikki farzandi uchun aliment o‘rniga uy hadya qildi