
Sifati kafolatlanmagan tibbiyot buyumlarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazishdi.
Tezkor tadbir davomida, fuqaro S.O. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida ushbu avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqaro A.K.ga tegishli bo‘lgan, xorijda ishlab chiqarilgan va sifati kafolatlanmagan umumiy qiymati 116,5 million so‘mlik tibbiyot buyumlari borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar