5 713
Fathulla Mas’udovning rafiqasi: «Turmush o‘rtog‘imni Dilnoza Kubayevadan rashk qilganman»
Foto: Instagram / @_abdullohfathullayevich
2020 yilning 30 avgust kuni koronavirus oqibatida vafot etgan O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fathulla Mas’udovning rafiqasi Gulira’no Mas’udova «Mirsodiqova bilan» YouTube-kanaliga intervyu berdi.
«Spektaklga tushdim, birinchi qatorda o‘tiribman. ‘Sizsiz o‘tmas kunlarim’ qo‘yilayotgan edi. Shu kunlari menga e’tiborlari kamayib ketgan, judayam ishlari bilan band bo‘lib ketib, asabiy bo‘lib yurgandim. Dilnoza Kubayeva bila partnyor bo‘lib o‘ynayaptilar. Qarab o‘tiribman: bitta quchoqladilar, ikkita quchoqladilar. Dilnoza Kubayeva — mening idealim. Undagi quvnoqlik, ochiqlik menga yetishmaydi. Fe’lim og‘ir-bosiq.
Spektakldan keyin mashinaga o‘tirib, o‘kirib yig‘lab yubordim-da, bitta urdim. Sen meni urdingmi, dedilar. O‘zim qo‘rqib ketdim qilgan ishimdan, men sizdan xafa bo‘ldim, dedim. Voy, sen meni rashk qildingmi, rashk qildingmi, deb so‘rab, quchoqlab oldilar. Siz menga vaqt ajratmayapsiz, Dilnozani to‘rt marta quchoqladingiz, dedim. Voy jinni, bu rol-ku, dedilar», — deydi Gulira’no Mas’udova.
Foto: Instagram / @_abdullohfathullayevich
Shuningdek, marhum aktyorning rafiqasi marhuma Gavhar Sharipova ham turmush o‘rtog‘iga ko‘p qo‘ng‘iroq qilib, muammolarini aytib berganini esladi.
«Gavhar Sharipova, rahmatli, ko‘p telefon qilardi. Kechasi soat 10-11, voy-dod derdim. Qizimning g‘ashi kelardi, nega bu adamning boshini aylantiraveradi, derdi. Siz menga ham keraksiz, adasi, menga yetmayapsiz, derdim», — deydi Gulira’no Mas’udova. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi
Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi