Foto: «Uza.uz»
Bosh konsulxonaning ochilish marosimida Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li, O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov hamda Turkiyaning yurtimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi O‘lg‘an Bekar ishtirok etdi, deya xabar berdi O‘zA.
Ular so‘zga chiqib, o‘zbek va turk xalqlarining ildizi bir ekanligini ta’kidlab, ikki mamlakatning o‘zaro do‘stlik va hamkorlik aloqlari tarixan chambarchas bog‘liq ekanligini e’tirof etdi.
Jumladan, Mavlud Chavusho‘g‘li O‘zbekistonda tashkil etilgan Bosh konsulxona xorijiy davlatlar ichida dastlabkilardan biri ekanligini qayd etdi. Bu konsulxonada Turkiyaning mamlakatimizdagi fuqarolari bilan birga yurtdoshlarimizga xizmat ko‘rsatadi.
Tashqi ishlar vaziri A. Komilov ham qardosh Turkiya davlati bilan aloqalarimiz tobora mustahkamlanib borayotganligini ta’kidlab, yurtimizda elchixonasi va Bosh konsulxonasi tashkil qilgan ilk davlatlardan biri ekanligini e’tirof etdi. Shuningdek, Tashqi ishlar vaziri mazkur konsulxona o‘zaro hamkorligimizni yangi bosqichga chiqishiga, madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy, turizm va hududlararo munosabatlarimizning istiqboliga xizmat qilishini ta’kidladi.
Bosh konsulxona O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li hamda Turkiyaning Favqulodda va muxtor elchisi O‘lg‘an Bekar ishtirokida rasman ochildi.
«Bosh konsulxonamizning muqaddas Samarqandda tashkil etilganligi ham alohida ahamiyatga ega. Chunki qadimda ham Buyuk Ipak yo‘li markazida joylashgan Samarqand ilm-fan, madaniyat markazi sifatida butun dunyoga ziyo taratgan. Bizning Bosh konsulxonamiz mamlakatlarimiz o‘rtasidagi mustahkam do‘stligimizning boqiyligiga, hamkorligimizning rivojiga xizmat qiladi. Ana shu ezgu maqsadda bu muqaddas zaminni tanladik. Biz Samarqandga kelishdan avval Xorazm va Buxoro shaharlarini ziyorat qilib keldik.
O‘zbekiston bizning ota yurtimiz ekanligini alohida ta’kidlayman. Bu zamin dunyo ilm-faniga beshik bo‘lgan muqaddas yurt. Beruniylar, Xorazmiylar, Farg‘oniylarni kamolga yetkazgan. Dinimiz asoschilari Buxoriy, Moturidiy, Termiziy, Naqshbandiylarni dunyoga keltirib, yo‘limizni yoritgan bebaho zamin. Shunday ekan, ota yurtimiz bilan munosabatlarimizni yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratamiz.
Xabaringiz bor, Samarqanddan Turkiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviyareyslar tashkil qilingan. Bu ham xalqlarimiz yaqinligiga xizmat qilmoqda. Turk aviakompaniyalari ayni paytda Buxoroga xuddi shunday reyslarni tashkil etish ustida ish olib bormoqda. Tashrif davomida poytaxtda o‘tadigan uchrashuvlarimizda qator strategik kelishuvlar bo‘yicha o‘zaro fikrlashamiz, – dedi Mavlud Chavusho‘g‘li. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi
Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor”
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...