Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Denov tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish» bo‘lim boshlig‘i o‘zining ish yurituvida bo‘lgan «O.» xususiy korxonasiga qarashli dorixonada dori vositalarining qimmat narxlarda sotilayotganligidan norozi bo‘lib yozilgan murojaatni ushbu korxonaning foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga korxona rahbaridan 200 AQSH dollari pora talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan D.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi?
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi
Mansab pillapoyalari: unga kimlar munosib?
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi