16:13 / 08.03.2021
1 776

O‘zbekiston ishlatadigan koronavirusga qarshi vaksina xavfsizmi?

O‘zbekiston ishlatadigan koronavirusga qarshi vaksina xavfsizmi?
Yurtimizda ham joriy yil koronavirus infeksiyasiga qarshi aholini ommaviy emlash jarayoni o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Shu bois ham, SSV matbuot xizmati vaksinalar pandemiyani to‘xtatishga qodirmi? U o‘zi nima uchun kerak? Koronavirusga qarshi vaksina xavfsizmi singari savollarga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov bilan suhbat o‘tkazdi.

— Olimlarning ta’kidlashicha, kasallik yuqishining epidemik jarayon zanjirini uzish uchun aholining kamida 60-70 foizida immunitet mavjud bo‘lishi kerak, — deydi N. Otabekov. — Buning qanchalik tez sodir bo‘lishi ko‘pgina omillarga bog‘liq. Xususan, vaksinalarning samaradorligi qanchalik tez isbotlanishi, JSST tomonidan tasdiqlanishi, ishlab chiqarilishi va yetkazib berilishi hamda emlanuvchi aholi qatlamining shakllantirilishi kabilarga ham bog‘liq.

— “COVID-19” ga qarshi vaksinatsiya o‘zi nima uchun kerak?
— Koronavirusga qarshi emlash pandemiyani jilovlashga yordam beradi. Vaksinalar immunitet tizimingizni mustahkamlab, cizga yuqishi mumkin bo‘lgan viruslarga qarshi kurashishda ishtirok etadi. Biz emlash orqali nafaqat o‘zimizni, balki atrofimizdagilarni ham himoya qilamiz.

“COVID-19” ni keltirib chiqaradigan virus juda oson yuqadi. Fikrimizcha, aholining 60-70 foizida ushbu kasallikka qarshi immunitetni shakllantirmay turib, unga qarshi samarali kurasha olmaymiz. Shu o‘rinda dunyo bo‘yicha kasallanganlarning 3-5 foizi vafot etganligini, ular orasida yaqinlarimiz ham bo‘lishi ehtimoli mavjudligini esimizdan chiqarmasligimiz lozim.

Niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, antiseptik vositalardan foydalanish va jamoat joylariga borishdan o‘zini tiyish kabilar virus yuqishi yoki uni boshqalarga yuqtirish ehtimolini kamaytirishda samarali amal sifatida hisoblanishiga qaramasdan, bu choralar pandemiyani jilovlash uchun yetarli emas.

— “COVID-19” ga qarshi vaksina xavfsizmi?
— O‘zbekiston Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan samaradorligi tan olingan, xavfsizligi kafolatlangan va favqulodda holatlarda koronavirus kasalligiga qarshi emlash uchun ishlatishga tavsiya etilgan vaksinalardan foydalanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston ishlatadigan koronavirusga qarshi vaksina xavfsizmi?