Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda maktabgacha ta’limning muqobil shakllari yanada kengaytiriladi. Bu haqda prezidentning “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida aytilgan.
Qayd etilishicha, xotin-qizlarning maishiy sharoitlarini yaxshilash, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan ayollarga qulaylik yaratish maqsadida bolaning ilk rivojlanishiga xizmat qiladigan maktabgacha ta’limning muqobil shakllarini yanada kengaytirish rejalashtirilmoqda.
Bunda ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollar farzandlarini maktabgacha ta’lim tashkilotlariga imtiyozli ro‘yxatga kiritish orqali qabul qilish, shuningdek, boquvchisini yo‘qotgan ayollarga farzandini maktabgacha ta’lim tashkilotlari, shu jumladan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalariga berish xarajatlarini budjetdan qoplash yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish mo‘ljallanmoqda.
Shuningdek, mahallalarda bo‘sh turgan va foydalanilmayotgan binolar (xonalar) xatlovdan o‘tkaziladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lmagan mahallalarda maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan bolalarning ro‘yxati shakllantiriladi.
Maktabgacha ta’limga ehtiyoji mavjud mahallalarda, shu jumladan qishloq joylarida maktabgacha ta’limning muqobil shakllarini tashkil qilish va ularni zarur moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlash choralarini ko‘rish nazarda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”