Foto: Fotolia / Rido
Turkiyalik shifokorlar qon bosimini dorilarsiz tushirishning asosiy usullarini sanab o‘tishdi. Mutaxassislar buning uchun birinchi navbatda ovqatlanishdagi odatlarni qayta ko‘rib chiqishni tavsiya qilishmoqda, jumladan, tuz iste’molini kamaytirish, ratsionga oqsilga boy taomlarni hamda kaliyga boy mahsulotlarni qo‘shish, achchiq shokolad iste’mol qilish lozim.
Keyingi navbatda ichimliklar iste’moliga e’tibor qaratish lozim: qon bosimini me’yorga keltirish uchun kofein saqlovchi ichimliklardan voz kechib, ularni ko‘k choy yoki gibiskus (Xitoy atirguli) negizidagi o‘tli choylar bilan almashtirish lozim.
Bundan tashqari, shifokorlar turmush tarzining qolgan jihatlariga e’tibor qaratishni va stress holatlaridan qochishni tavsiya qilishmoqda. Chunki stress ortida yurak qisqarishlari sonini oshiruvchi va qon tomirlarini toraytiruvchi gormonlar ishlab chiqariladi.
Shuningdek, jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish, hattoki piyoda yurish ham qon bosimini tushiruvchi dorilar kabi samarali hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim"
Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi"
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!