14:53 / 10.03.2021
1 569

Jinoyat ishi sabab oila yarashishga qaror qildi

Jinoyat ishi sabab oila yarashishga qaror qildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Sherobod tumanlararo sudining 2019 yil 11 noyabrdagi buyrug‘iga asosan Surxondaryo viloyati Angor tumanidan tumanida yashovchi A.Yangiboyevdan voyaga yetmagan ikki nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan bo‘lsada aliment pullarini to‘lashdan bosh tortib kelgan.

Shu sababli, Majburiy ijro byurosi Angor tuman bo‘limi tomonidan aliment pullarini to‘lamaganligi uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, sud qarori bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan.

A.Yangiboyev qo‘llanilgan ma’muriy qamoq jazosidan ham o‘ziga tegishli xulosa chiqarmay aliment pullarini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelganligi uchun unga nisbatan hujjatlar rasmiylashtirilib Byuroning viloyat boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida A.Yangiboyev 17 million 783 ming so‘m aliment pullarini to‘lmaganligi aniqlanib, ushbu qarzdorliklar bartaraf etilmagan taqdirda jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqilishi va jinoyat kodeksining 122 moddasiga asosan ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirildi.

Tushuntirish targ‘ibot ishlaridan so‘ng A.Yangiboyev farzandlari uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment pullarini sobiq turmush o‘rtog‘i foydasiga to‘liq to‘lab berib, turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro yarashishga ham erishdi.

Shundan so‘ng, Majburiy ijro byurosi tomonidan bu oila o‘zaro yarashganligi va yetkazilgan moddiy zararni to‘liq to‘langanligi munosabati bilan mazkur jinoyat ishini O‘zbekiston Respublikasi JKning 661-moddasi tartibida mazmunan ko‘rib chiqib tegishli sudlovga yuborishlik masalasini hal etishlik uchun Angor tumani prokuraturasiga yuborildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jinoyat ishi sabab oila yarashishga qaror qildi