Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor «Kitob ip yigiruv» OAJdan undiruvchi «Agroximstar» MCHJ foydasiga 337 mln. 525 ming so‘m asosiy qarz, 70 mln. so‘m penya va pochta xarajatini jami 407 mln. 542 ming so‘m undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Kitob tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Joriy yilning 11 fevral kuni davlat ijrochisi tomonidan ijro ishini yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, ijro qilishlik uchun qarzdorga yuborildi. MIB-portal elektron dasturi orqali tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilib, unga tegishli bo‘lgan mol-mulklarga band solindi.
Jamiyatga qarzdorlikni bartaraf etish uchun ixtiyoriy 15 kunlik muddat berildi. Aks holda, qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida ogohlantirildi. «Kitob ip yigiruv» OAJ rahbariyati mas’uliyatni his qilgan holda 18 fevral kuni barcha qarzdorliklarni to‘liq to‘lab berdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi
Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik"