08:30 / 12.03.2021
1 920

7 oy sarsongarchilikdan so‘ng ona farzandlari bilan o‘z uyiga kiritib qo‘yildi

7 oy sarsongarchilikdan so‘ng ona farzandlari bilan o‘z uyiga kiritib qo‘yildi
Bugungi kunda afsuski, oilaga darz ketganda ota o‘z farzandlari va turmush o‘rtog‘ini o‘z uyiga kiritmaslik holatlari ham uchramoqda.
Bunday holatlarda ona va bolalar sud qarori bilan Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan uyga kiritilishi ta’minlanadi.

Da’vogar Sh. javobgar J.ga nisbatan voyaga yetmagan 4 nafar farzandlari bilan uyga kiritish haqidagi da’vo arizasi bilan fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudiga murojaat qilib, J. bilan 1993 yilda qonuniy nikohdan o‘tganligini, birgalikdagi 27 yillik turmushlaridan 4 nafar farzandlari borligini, turmushi davomida Nishon tumani, «Nafro‘z» QFYda turmush o‘rtog‘i va farzandlari bilan yashab kelganligini, javobgar J. 2020 yil avgust oyida katta kelishmovchilik kelib chiqib, uni uydan haydaganligini ta’kidlagan. Va uni voyaga yetmagan farzandlari bilan doimiy yashab kelgan uyiga kiritishni so‘ragan.

Sud aniqlangan holatlar va yuqorida qayd etilgan qonun normasi talablariga asosan da’vogar Sh.ni to‘rt nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan turmush o‘rtog‘i bilan yashagan xonadonga kiritib qo‘yishni lozim topdi.

2021 yil 1 mart kuni chiqarilgan ushbu ijro varaqa majburiy ijro byurosi Nishon tuman bo‘limiga kelib tushgandan so‘ng, ijro ishini yuritish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinib, qarzdorga huquqiy tushuntirishlar va sud qarorini bajarishdan bo‘yin tovlashning huquqiy oqibatlari tushuntirildi. Shunga qaramasdan, javobgar ixtiyoriy ravishda turmush o‘rtog‘i va farzandlarini uyga kiritishdan bo‘yin tovlagandan so‘ng, joriy yilning 10 mart kuni davlat ijrochilari va xolislar ishtirokida majburiy ijro harakatlari tayinlanib, uyga kiritib qo‘yildi.

Komil Norboboyev
MIB Nishon tuman bo‘limi davlat ijrochisi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 7 oy sarsongarchilikdan so‘ng ona farzandlari bilan o‘z uyiga kiritib qo‘yildi