Moliya vazirligi «Fuqarolarga davlat pensiyasini tayinlash jarayonini soddalashtirish hamda pensiya va nafaqalarni fuqarolarga yetkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.
Unga ko‘ra, 2022 yil 1 yanvardan boshlab Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladigan pensiya va nafaqalarni to‘lash har uch yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha alohida o‘tkaziladigan tender asosida tanlangan tijorat banki tomonidan amalga oshiriladi.
Shuningdek, hujjat loyihasiga muvofiq, pensiya va nafaqalar yetkazilganligi uchun xizmat haqini to‘lash uchun fuqarolarning har oylik pensiya va nafaqa miqdoriga qo‘shimcha 1 foiz ustama joriy qilinadi hamda to‘lovlarni naqd pulsiz shaklda olish yoki arzonroq xizmatdan foydalanish hisobiga iqtisod qilingan mablag‘ pensiya va nafaqa oluvchining ixtiyorida qoldiriladi.
Bundan tashqari, pensiya va nafaqa oluvchilarga O‘zbekiston hududida shaxsini tasdiqlaydigan, egasining shaxsiy biografik ma’lumotlari qayd etilgan, elektron tashuvchi qurilma (chip)ga ega bo‘lgan bank kartasi sifatida foydalanish imkoniyati mavjud maxsus pensiya kartasi joriy etiladi.
Eslatib o‘tamiz, amaldagi tartibga ko‘ra, respublikaning barcha hududlarida pensiya va nafaqalarni to‘lash Prezidentning 2017 yil 13 martdagi PQ-2820-son qarori bilan 2017 yil 1 iyuldan boshlab faqat «Xalq banki» tomonidan amalga oshiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi