4 980
Rasul Kusherbayev O‘zbekistonda bir jinslilar nikohiga ruxsat berish talabiga munosabat bildirdi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev o‘zining Telegram’dagi kanali orqali O‘zbekistonda bir jinslilar nikohiga ruxsat berish talabiga munosabat bildirdi.
Deputatning ta’kidlashicha, demokratiya yo‘lida inson tabiatiga mos bo‘lmagan harakatlarni qo‘llab-quvvatlashdan bo‘lak har narsaga chidash mumkin.
- "Lekin erkak bilan erkakning o‘zaro er-xotin sifatida turmush kechirib, munosabat qilishlarini hech qachon qabul qilolmayman. Va toki tirik ekanmiz O‘zbekistonda bunday bema’ni harakatga qonunan ruxsat berilmasligiga ishonaman. Ruxsat berilgan kun bizning o‘lganimiz bo‘ladi.
Bir necha kundan beri ayrim xorij OAV va ijtimoiy tarmoqlarida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Ilga Europe nomli bir jinsli juftliklarni qo‘llab-quvvatlovchi (LGBT) va boshqa bir qator shunday tashkilotlar O‘zbekiston qonunchiligidan besoqolbozlik (erkak bilan erkakning jinsiy aloqa qilishi)ni taqiqlovchi normani chiqarib tashlash haqida murojaat bilan chiqqani muhokama qilinmoqda.
To‘g‘risi, qaysi bosh bilan (agar bo‘lsa, albatta) o‘ylashayotganini bilmadim-u, biroq mamlakat taraqqiyoti va millat genofondi uchun bu qanday fojia ekanini taklif berayotgan «bir jinschi» tashkilotlar anglashayotganmikan o‘zi. To‘g‘risi, buni tasavvur qilishning o‘zi dahshat.
Odamlar uchun foydasi tegadigan, kelajak avlod farovonligi uchun xizmat qiladigan takliflar tiqilib yotganda bularning so‘rayotgan narsasi hech bir qolipga sig‘maydigan ish.
Agar bu inson huquqlariga zid deyishsa, tupurdim bunday huquqga.
Millat, xalqqa do‘st odam, yakuni avlodlarning jismonan yo‘q bo‘lishi bilan tugaydigan bunday mantiqsiz, aksiltabiiy taklif bilan chiqmaydi. Demak, ularning bizga asli kim ekani va maqsadi nima ekanini tushunib olavering.
Yashasin erkaklar erkakligicha, ayollar ayolligicha qoladigan jamiyat!", - deydi Rasul Kusherbayev. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video)