Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi, shahar va tumanlar bo‘limlari xodimlari o‘rtasida yo‘l harakat qoidalariga amal qilishni targ‘ib etish maqsadida muntazam ravishda profilaktika tadbirlari yo‘lga qo‘yilgan. Viloyat Yo‘l harakati havfsizligi boshqarmasi mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda tasdiqlangan reja asosida davra suhbatlari tashkil etilmoqda.
Jumladan, boshqarmada bo‘lib o‘tgan tadbirda dastlab ishtirokchilarga barcha haydovchi yoki yo‘lovchi ekanligi, doimo yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga mas’ulligi tushuntirildi.
Mas’ul xodimlar tomonidan sohaga oid yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Ayniqsa, viloyat Yo‘l harakati havfsizligi boshqarmasi tomonidan tayyorlangan ayrim harakat ishtirokchilarining befarqligi tufayli sodir bo‘lgan ayanchli oqibatlar haqida hikoya qiluvchi videorolik ishtirokchilarga namoyish etildi. Tadbir so‘nggida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi