20:20 / 15.03.2021
2 359

Zamin fondi tashabbusi bilan zaif eshituvchi bolalar uchun maxsus sinf ochildi

Zamin fondi tashabbusi bilan zaif eshituvchi bolalar uchun maxsus sinf ochildi
Buxoro viloyatidagi eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun 123-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatida «Zamin Education» sinfi ochildi. Bu yerda o‘quvchilar axborot texnologiyalari bo‘yicha ko‘nikmalarni egallaydilar: Scratch, Arduino, Minesraft dasturlash tillarini va robototexnika asoslarini o‘rganadilar.

Loyihani 2021 yilda amalga oshirish davomida 234 ta kompyuter va 18 ta interaktiv doska eshitish qobiliyati zaif va kar bolalar uchun 18 ta ixtisoslashtirilgan maktablarning barchasida o‘rnatiladi. «Zamin Education» sinflari uchun zamonaviy metodologiya ishlab chiqilgan bo‘lib, maktab o‘qituvchilari yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha malaka oshirdilar.

Shuningdek, eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun ta’limni rivojlantirish dasturi doirasida maktab yordamchi uskunalar, jumladan zamonaviy FM-tizimlari bilan ta’minlanadi. Respublika pediatriya markazi shifokorlari tomonidan maktab o‘quvchilarining diagnostikasi o‘tkazilib, ularning asosida 215 nafar o‘quvchilarga 2 tadan eshitish vositasi beriladi va 4 ta koxlear implantatsiya amalga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Zamin fondi tashabbusi bilan zaif eshituvchi bolalar uchun maxsus sinf ochildi