Buxoro viloyatidagi eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun 123-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatida «Zamin Education» sinfi ochildi. Bu yerda o‘quvchilar axborot texnologiyalari bo‘yicha ko‘nikmalarni egallaydilar: Scratch, Arduino, Minesraft dasturlash tillarini va robototexnika asoslarini o‘rganadilar.
Loyihani 2021 yilda amalga oshirish davomida 234 ta kompyuter va 18 ta interaktiv doska eshitish qobiliyati zaif va kar bolalar uchun 18 ta ixtisoslashtirilgan maktablarning barchasida o‘rnatiladi. «Zamin Education» sinflari uchun zamonaviy metodologiya ishlab chiqilgan bo‘lib, maktab o‘qituvchilari yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha malaka oshirdilar.
Shuningdek, eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun ta’limni rivojlantirish dasturi doirasida maktab yordamchi uskunalar, jumladan zamonaviy FM-tizimlari bilan ta’minlanadi. Respublika pediatriya markazi shifokorlari tomonidan maktab o‘quvchilarining diagnostikasi o‘tkazilib, ularning asosida 215 nafar o‘quvchilarga 2 tadan eshitish vositasi beriladi va 4 ta koxlear implantatsiya amalga oshiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi