date
views 1 658

Bojxonachilar 4 milliard so‘mlik tovarlarni noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yishdi

Bojxonachilar 4 milliard so‘mlik tovarlarni noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yishdi
Turli nayranglarni qo‘llagan holda tovar moddiy boyliklarini bojxona nazoratini chetlab yurtimizga olib o‘tishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi “Olot” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan yuk avtomashinasi belgilangan tartibda bojxona xodimlari tomonidan xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Bojxona ko‘rigi davomida tovarning yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan, umumiy qiymati 1 mlrd. so‘mlik poyafzal xomashyolari tovarlari borligi aniqlandi.

Yana bir holatda mazkur postga qo‘shni davlatdan kirib kelgan yuk avtomashinasidagi yuk kuzatuv xujjatlarida keltirilgan tovarning vazni shubha uyg‘otganligi sababli, avtomashina bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, avtomashina yukxonasida yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilganidan ortiqcha bo‘lgan, umumiy qiymati 1. mlrd 77 mln. so‘mlik qora sedana yog‘i mahsulotlari borligi aniqlandi.

Yana bir holatda “Olot” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan yuk avtomashinasi bojxona xodimlari tomonidan bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Bojxona ko‘rigi davomida yuk avtomashinasida tovarlarning yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilganidan ortiqcha bo‘lgan, umumiy qiymati 1 mlrd. 847 mln. so‘mlik kanselyariya tovarlari borligi aniqlandi. Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bojxonachilar 4 milliard so‘mlik tovarlarni noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yishdi